Click to listen highlighted text!

HISOBOT SAYLOV I KONFERETSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Joriy yilning 20 may kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Guliston tuman bo‘linmasining hisobot saylov I Konferetsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatiga biriktirilgan vakil O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Boyniyazov Erkin Bazarovich hamda Viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Hamidjanov, Respublika Kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A.Mamarasulovlar ishtirok etishdi. Konferensiyada tuman bo‘linmasi Kengashining 2020 yil iyul oyidan 2025 yil may oyi davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va taftish komissiyasining hisoboti muhokama etilib Kengash faoliyati delegatlar tomonidan qoniqarli deb topildi hamda taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Nizom asosida yashirin hamda muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovlar natijasiga ko‘ra Usanov O‘sarqul Yusupovich tuman bo‘linmasi Kengashi raisi etib saylandi. Konferensiyada tuman bo‘linmasi Kengashi a’zolari, taftish komissiyasining yangi tarkibi, taftish komissiyasi raisi saylandi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi Konferensiyasiga delegatlar saylovi o‘tkazildi.


Konferensiyada kasaba uyushmalari faoliyatida samarali mehnat qilayotgan faollar hamda bir guruh faxriylar kasaba uyushmalarining tashakkurnomalari hamda sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Click to listen highlighted text!