Click to listen highlighted text!

AYOL BAXTLI BOʻLSA JAMIYAT BAXTLIDIR

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati Kengashida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtlidir!” mavzusida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi R.Tursunmuradov, rais o‘rinbosari O.Ashurmatov,  Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat kengashi raisi, senator P.Axmedjanova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari N.Qosimova, uzoq yillar samarali mehnat faoliyati bilan yosh avlodga o‘rnak-namuna bo‘lgan nafaqadagi faxriy ayollar, viloyatimiz rivojiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan faol va tashabbuskor xotin-qizlar hamda kasaba uyushmalari tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning yangi gʻoya va tashabbuslarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularni har tomonlaman qoʻllab-quvvatlash – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi va buning natijasida yurtimiz ayol-qizlarining turmush darajasi, jamiyatda tutgan maqomi, ilmiy salohiyati nihoyat darajada yuksalib borayotligi ta’kidlandi.
Bahor ayyomlari, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yoʻllangan samimiy tabriklar, ayollar sha’niga aytilgan ash’orlar va kuy-qo‘shiqlar bilan tadbir oʻzgacha koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
Tadbirga taklif etilgan faol va fidoyi xotin-qizlarga OʻKUF Sirdaryo viloyat Kengashi mutasaddilari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

i

Print Friendly, PDF & Email

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Click to listen highlighted text!