“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI
Joriy yilning 17-may kuni Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasa (maktab)lari xodimlari o‘rtasida “Sogolom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi kubogi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Xamidjonov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Davron Isakovlar ochib berdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.
Musobaqada tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan jami 500 ga yaqin ishtirokchilar sportning stol tennis, shaxmat-shashka, mini futbol hamda voleybol turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Keskin va murosasiz o‘tkan musobaqalarda umumjamoa hisobida Guliston tumani jamoasi mutloq g‘olib deb topildi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi kubogi, 30.000.000 so‘m pul mukofoti hamda viloyat Sport boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.