XODIM O‘Z ISHIGA TIKLANDI
Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati Kengashiga 2025 yilning 23 iyun kuni Guliston shahar tibbiyot birlashmasi, umumiy bo‘lim EKG hamshirasi Tuychibekova Nagima Uralbekovna tomonidan asossiz ravishda ishdan bo‘shatilganligi sababli ish tiklashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan.
Murojaatni yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida haqiqatdan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlanib, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori tomonidan xodim manfaatida FIB Guliston tumanlararo sudi da’vo arizasi kiritildi.
Sud tomonidan ushbu da’vo arizasi qanoatlantirilib, sudning 2025 yil 16 iyul kunidagi Hal qiluv qaroriga asosan N.Tuychibekova ishga tiklanib, majburiy progul davri uchun xodim hisobiga 7 785 190 so‘m hamda ma’naviy zarar uchun 4 000 000 so‘m miqdorida pul mablag‘i undirilishi belgilandi.
Hozirda o‘z vazifasida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda va sud qarorida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari xodim hisobiga to‘liq to‘lab berilgan.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari
kasaba uyushmasi Respublika Kengashining
Sirdaryo viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori A.Albekov