O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi №819-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻz KUF Sirdaryo viloyat Kengashiga a’zo tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari hamda mas’ul xodimlari uchun 2026-yil 3–6-fevral kunlari amaliy-o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminar treninglarda quyidagi mavzular boʻyicha ma’ruzalar qilindi hamda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 819-son qarorining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati
VM 819-son qarorining 1-4-ilovalari: “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning asosiy talablari
VM 819-son qarorining 2-3-ilovalari: “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish tartibi” va ularni amaliyotda qo‘llash, boshlang‘ich tashkilotlari tuzilgan tashkilotlarda Jamoa shartnomasining “Mehnat muhofazasi va gigiyenasi” bo‘limida belgilangan normalarning bajarilishi.
Interaktiv mashgʻulot: savol-javoblar, amaliy vaziyatlar va muammolar tahlili kun davomida oʻtkazilgan seminarlarda Sirdaryo viloyatining Agrosanoat, Ta’lim va fan, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish, Davlat muassasalari, Axborot kutubxona markazi, Sog‘liqni saqlash, Transport, qurilish, qurilish industriyasi va Madaniyat, sport va turizm sohalaridan jami 244 ta tashkilot va korxonalaridan mas’ullar ishtirok etishdi.
