SAYOHAT – TANGA ROHAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob’ektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan qator qarorlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini tashkil etish hamda korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarini turizmga jalb etilishini yanada rivojlantirish, shuningdek mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilish hamda boy madaniy-tarixiy meros va o‘ziga xos tabiiy maskanlar bilan yaqindan tanishish maqsadida boshlang‘ich tashkilotlarda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm Dasturi amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan 20 aprel kuni viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining turli jabhalarida mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlarning ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida bank xodimlari Samarqand shahrining Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda, Bibixonim majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lishib, mashhur me’moriy obidalar tarixi bilan tanishdilar.
Muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, albatta, insonga tetiklik va ruhiy zavq bag‘ishlaydi. Albatta sayohatchilarning Samarqandga qilgan safari ularda unutilmas taassurot qoldirdi.
Maroqli va mazmunli o‘tgan ushbu sayohat bank xodimlariga ona yurtimiz tarixi, qadriyatlari, obidalari bilan yana bir karra tanishib olishlariga zamin yaratdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi bo‘lim mudiri X.Aminov