BOYOVUTLIK USTOZLAR KASABA UYUSHMASI KUBOGI SOHIBI BO‘LDI!🏅
⛳️ “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqalari nafaqat kuch va mahorat sinovi, balki jamoaviy birlikni mustahkamlovchi va jismoniy madaniyatni yuksaltiruvchi muhim tadbirga aylandi.
🏢 Guliston shahridagi Olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ta’lim va fan xodimlari o‘rtasida «Sogʻlom tanda sifatli ta’lim» shiori ostida tashkil etilgan KASABA UYUSHMASI KUBOGI musoboqasining Sirdaryo viloyat bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Har bir sport turi bo‘yicha bellashuvlar yuqori saviyada, chinakam jamoaviy ruh va do‘stona raqobat muhitida o‘tdi.
🏀 Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinlarning taqdirlash marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Tursunmuradov Rustambek Permatovich, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xolboyeva Nargiza Ibodullayevna va sport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Niyozov Qosim Erkinovich ishtirok etdi. Barcha ustozlarga musoboqaning viloyat bosqichidagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirildi.
🏓Musobaqa yakuniga ko‘ra stol tennisi boʻyicha erkaklar o‘rtasidagi bellashuvda 1-o‘rinni Boyovut tumani 33-maktab o‘qituvchisi Mardon Avazov, ayollar o‘rtasida Sirdaryo tumani 42-maktab o‘qituvchisi Zuxra Maxkamova egalladi.
♟ Shashka musobaqasida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Sayxunobod tumani 35-maktab o‘qituvchisi Ravshanov Salohiddinga, ayollar o‘rtasida esa Sayxunobod tumani 38-maktab o‘qituvchisi Nuraliyeva Muniraga nasib etdi.
♟ Aql gimnastikasi hisoblangan shaxmat musobaqasida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Jumayev Eldorga, ayollar o‘rtasida kechgan baxsda Boyovut tumani 1-maktab oʻqituvchisi Ochilova Sevaraga omad kulib boqdi.
🏀Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan voleybol musobaqasida Shirin shahridan tashrif buyurgan 2-maktab jamoasi finalda g‘alaba quchib, 1-o‘rinni egalladi.
Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi bahsda Mirzaobod tumani 16-maktab jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
⚽️Mini futbol musobaqasida Guliston shahar 1-maktab jamoasi barcha raqiblarini yengib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🥈🥉Yakunda umumjamoa hisobidagi natijalarga koʻra 3-oʻrinni Xovos tumani, 2-oʻrinni Guliston shahar jamoalari egalladi.
🥇🏆Kasaba uyushmasi kubogi esa eng yuqori ko‘rsatkichni qo‘lga kiritgan Boyovut tumani ustozlariga nasib etdi. Shuningdek, ularga 30 million so‘m pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.
