Click to listen highlighted text!

SARDOBALIK YOSHLAR BILAN OCHIQ VA SAMIMIY MULOQOT

Payshanba —  Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbеkistоn kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi 32-Xalqobod saylov okrugi deputati Tursunmuradov Rustambek Permatovich ishtirokida 9-son Bolalar musiqa va sanat maktabida Sardoba tumani yoshlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, startap loyihalar hamda yoshlar tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, savol-javoblar va qiziqarli bahs-munozaralar tashkil etildi.
Kengash raisi  o‘z tajribalari va tavsiyalari bilan yoshlarga motivatsiya berdi.

Ishtirokchilarning turli sohalar va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bergan savollariga rahbar tomonidan to‘liq, batafsil javob qaytarildi. Tadbir yakunida yoshlarning ilg‘or g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etish bo‘yicha  amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘ngida yoshlar uchun viloyat kasaba ushmalarining eshiklari doim ochiq ekanligini rahbar yana bir eslatib o‘tdi. Zero intiluvchan, bilimli va tashabbuskor yoshlar — taraqqiyotning mustahkam tayanchi!

Print Friendly, PDF & Email

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Click to listen highlighted text!