Click to listen highlighted text!

SIRDARYODA KASABA UYUSHMASINING FAOL YOSHLARI ISHTIROKIDA “MEN DONORMAN” XAYRIYA AKSIYASI TASHKIL ETILDI.

15-fevral butun dunyoda Xalqaro bolalar saraton kasalligiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun 2001-yil sentyabr oyida Lyuksemburgda bolalar saratoniga qarshi kurashuvchi ota-onalar tashkilotlari xalqaro konfederatsiyasining yillik yig’ilishida e’lon qilingan. Xalqaro saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni birinchi marta 2002-yilda o’tkazilgan. Mazkur kunni o‘tkazishdan asosiy maqsad pediatrlar, butun dunyo professional tibbiyot hamjamiyati, barcha ixtisoslikdagi ijtimoiy mas’uliyatli fuqarolar bolalar onkologiyasining muvaffaqiyatlari va muammolari haqida xabardorlik darajasini oshirishdan iborat.

15-fevral — Saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni munosabati bilan muntazam tashkil etib kelinayotgan “Men donorman” xayriya aksiyasi saraton bilan kurashayotgan bolalar uchun qon va uning tarkibiy qismlarini toʻplashga qaratilgan.
Ushbu aksiya doirasida koʻngillilar, kasaba uyushmalari xodimlari va faol yoshlar donorlik qilib, bolalarning hayotini saqlab qolishga va umid baxsh etishga hissa qoʻshdilar.

Aksiyaning asosiy maqsadi jamiyatda insonparvarlik, saxovatpeshalik va hamjihatlik kabi fazilatlarni keng targ‘ib etishdan iborat.
“Men donorman” aksiyasida donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham bo‘lsa mutaxassislarning beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan sa’y harakatlarining natijasidir.
Bu kabi  tadbirlar nafaqat jamiyatdagi ezgulik muhitini mustahkamlaydi, balki sog‘lom turmush tarzini ham targ‘ib etadi. Aslida qon topshirish inson salomatligi uchun foydali hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, muntazam donorlik yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi, qon aylanishini yaxshilaydi va immun tizimini mustahkamlaydi.

Print Friendly, PDF & Email

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Click to listen highlighted text!