Click to listen highlighted text!

MIRZAOBODDA SPORT BAYRAMI

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi muassasa(maktab)lari xodimlari o’rtasida “Sog’lom tanda–sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalariga Mirzaobod tumanida start berildi.
2024 yil 19 aprel kuni Mirzaobod tumanidagi 4 ta sektor huquqlarida sportning minifutbol, voleybol, stol tennis, shaxmat va shashka turlari bo’yicha 20 ta umumiy o’rta ta’lim maktablarining 344 nafar sportchilari ishtirokida boshlangan sport musobaqalari ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqasining 2 ta sektor hududiy bosqichi yakuniga ko’ra sportning minifutbol turi bo’yicha 19-maktab va 29-maktab jamoalari, voleybol turi bo’yicha 16-maktab va 22-maktab jamoalari, stol tennisi (ayollar) turi bo’yicha 1-maktabdan S.Sirojiddinova va 25-maktabdan X.O’talovalar, stol tennisi (erkaklar) turi bo’yicha 16-maktabdan O’.Sodiqov va IDUMI dan M.Asatullayevlar, shaxmat (ayollar) turi bo’yicha 6-maktabdan Sh.Raimqulova va 7-maktabdan S.Rasulovalar, shaxmat (erkaklar) turi bo’yicha 6-maktabdan U.Nusharov va 1-maktabdan A.Eshmamatovlar, shashka (ayollar) turi bo’yicha IDUMI dan R.Aliboyeva va 16-maktabdan Sh.Bakiyevalar, shashka (erkaklar) turi bo’yicha 5-maktabdan Q.Rasulov va 23-maktabdan F.Xolto’rayevlar faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritishib sport musobaqasining tuman bosqichda ishtirok etish yo’llanmalarini qo’lga kiritishdiG‘oliblar kasaba uyushmasining sovg‘alari bilan taqdirlanishdi

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirzaobod tuman bo’linmasi kengashi raisi. B.Axrorov

Print Friendly, PDF & Email

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Click to listen highlighted text!